14:01 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
227 0 0

Rossiyada yuqumli kasalliklar bilan kasallangan migratlar maʼlumot  bazasi tuziladi va ular ishga qoʻyilmaydi.

TOSHKENT, 3 iyun – Sputnik. Rossiya isteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi organi Rospotrebnadzor yuqumli kasalliklar bilan kasallangan migrantlar maʼlumot bazasini tuzishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rospotrebnadzor taklif qilgan qonun loyihasiga koʻra, yuqumli kassalik aniqlangan mehnat migranti maxsus roʻyxatga kiritiladi. Shundan soʻng, aholi orasida epidmiologik vaziyatga taʼsir qiladigan maʼlumotlar oʻrganiladi, jumladan uning mehnat faoliyati, turar joyi va boshqalar haqida, deyilgan xabarda.  

Ushbu maʼlumotlar bazasini yaratish yuqumli kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash, sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va infektsion kasalliklarga chalingan migratlarning ish faoliyatini cheklashga qaratilgan.

Asosiy mavzular