07:40 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
55410

“Oʻzbekiston toʻlov balansi qarab koʻrilsa, yiliga 5 milliard dollardan ortiq valyuta pul tushum joʻnatmalari, aynan mehnat migratsiyasi hisobiga amalga oshiriladi”, - dedi Kudbiyev.

TOSHKENT, 4 iyun – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vazir taʼkidiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 81 ta xususiy bandlik agentligi davlat reyestriga kiritilgan, shulardan 61 tasi bevosita xorijda ishga joylashtirish boʻyicha litsenziyasini olgan.

"Oldingi yillarda chet elda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish masalasi yopiq mavzu boʻlgan, bu haqda kam gapirilgan, yaʼni ochiq gapirishga uyalardik. Vaholanki, agar Markaziy bankdan Oʻzbekiston toʻlov balansiga qaraydigan boʻlsangiz,  yiliga 5 milliard dollardan ortiq valyuta pul tushum joʻnatmalari aynan mehnat migratsiyasi hisobiga amalga oshirilganini koʻrish mumkin. Hech qanday soha yoʻq-ki bundan ortiq boʻlgan. Neft, gaz, noyob metallar eksportidan ham buncha mablagʻ bizga kelib tushmagan", - dedi vazir.

Kudbiyev migrantlar sohasiga katta eʼtibor berish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

"Prezidentga katta rahmat, idoramizga Oʻzbekiston tarixida birinchi marta 200 milliard soʻm mablagʻ ajratib berdilar. Oʻzbekiston fuqarolari chet elda mehnat faoliyat olib borayotganda, qiyin ahvolga tushib qolsalar, ularga yordam berish, qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida jamgʻarma tashkil etildi,” - deb taʼkidladi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.

Vazirning soʻzlariga koʻra, shu jamgʻarma hisobidan bugungi kunga kelib 3 mingga yaqin fuqarolarga Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon davlatlarida yordam berilgan.

“Bu hayot, har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin, ish beruvchilarning noroziligi, tabiiy ofat, nohush holatlar. Shunday vaqtlarda Oʻzbekiston davlati 27 yil ichida birinchi marta oʻz fuqarolarga yordam berishni boshladi. Buni ham ochiq gapirishimiz kerak”, - dedi Sherzod Kudbiyev.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga koʻra, 2,5 million Oʻzbekiston fuqarosi chet elda mehnat faoliyat olib bormoqda.

Asosiy mavzular