00:36 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Migrantы jdut otkrыtiya migratsionnogo tsentra. Arxivnoye foto

Oʻtgan 2018 yilda Rossiya fuqaroligini olganlar soni maʼlum boʻldi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Migratsiya
Havola olish
449 0 0

Oʻtgan yili 268,1 ming nafar xorijliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi.

TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. 2018 yilda 268,1 ming nafar xorijliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 4,5 foizga koʻproqdir. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Inson huquqlari boʻyicha vakilining yillik hisoboti maʼlumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Bildirilishicha,  2018 yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilganlarning katta qismini (95,3%) MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etgan.

Hisobotda qayd etilishicha, 2018 yilda Rossiya inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkovaga fuqarolik masalalari boʻyicha 652 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning aksariyati (92%) yaqin xorij mamlakatlar, asosan, Ukraina (27,5%), Oʻzbekiston (10,8%), Armaniston (8,6%), Qozogʻiston (6,7%) va Tojikiston (5,9%) fuqarolaridan kelib tushgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirtirilgani xabar qilingan edi. Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tugʻilgan, doimiy yashagan hamda yarimorolni 2014 yil 18 martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega. Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega boʻlgan Afgʻoniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular