00:37 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы, arxivnoye foto

Oʻzbekiston Rossiyaga migrantlarning registratsiya qilish muddatini choʻzish boʻyicha taklif kiritdi

© Sputnik / Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
53910

Hukumatlararo komissiya yigʻilishi davomida Oʻzbekiston tomoni oʻz fuqarolarining RFda roʻyxatga olishsiz boʻlib turishi muddatini bir haftadan 15 kungacha choʻzish taklifini kiritgan

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston tomoni oʻz fuqarolarining Rossiyada roʻyxatga olishsiz (registratsiya qilinmasdan) boʻlib turishi muddatini yetti kundan 15 kunga choʻzishni taklif sifatida kiritdi. Bu masala Hukumatlararo komissiyasining Krasnoyarskda oʻtkazilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilishida muhokama qilingan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Oʻzbekiston tomoni xususan, Tojikiston fuqarolari uchun xuddi shunday tartib amal qilishini qoʻshimcha qilgan.

"Registratsiya qilish shart boʻlmagan muddatni bizning fuqarolar uchun ham uzaytirish maqsadga muvofiq. Ular Rossiya Federatsiyasida ishga joylashish davrida adaptatsiya qilishlari uchun bu juda muhim. Ishchi guruh Oʻzbekiston tomonining ushbu taklifini maʼlumot tariqasida qabul qildi", - deb aytgan Bandlik vazirligi vakili.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomonidan ikki davlat oʻrtasida mehnat-migrantlari sogʻligʻi borasidagi tibbiy xulosani tan olish boʻyicha hukumatlararo bitim loyihasi ham tayyorlab qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya IIV maʼlumotlariga asosan, oʻzbek migrantlari RF mehnat qilish uchun kelayotgan muhojirlarning oʻndan bir qismini tashkil qiladi. Bu esa 1 millionga yaqin koʻrsatkich demakdir.

Asosiy mavzular