Ekspert: Markaziy Osiyo migrantlari uchun qoidalarni bir xil qilish vaqti keldi

© Foto s lichnoy stranisi Yuriya Krupnova na FacebookPredsedatel Nablyudatelnogo soveta Instituta demografii, migratsii i regionalnogo razvitiya Yuriy Krupnov
Predsedatel Nablyudatelnogo soveta Instituta demografii, migratsii i regionalnogo razvitiya Yuriy Krupnov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiyadan o‘z fuqarolarining registratsiyasiz yurish muddatini yetti kundan 15 kunga uzaytirishni so‘ramoqda. Demografiya, migratsiya va mintaqaviy rivojlanish instituti Kuzatuv kengashi raisi Yuriy Krupnov bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatga olishsiz (registratsiya qilinmasdan) bo‘lib turishi muddatini yetti kundan 15 kunga uzaytirishni taklif sifatida kiritdi. Bu masala Hukumatlararo komissiyasining Krasnoyarskda o‘tkazilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishida muhokama qilindi.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarning registratsiya qilish muddatini cho‘zish bo‘yicha taklif kiritdi

Bu borada o‘z fikrlarini bildirgan ekspert Rossiyada migratsion qonun-qoidalarni bir xil qilish vaqti kelgan deb hisobladi.
“O‘zbekistonliklarning Rossiyada bu kabi bo‘lib turish tartibi o‘zgarishidan aniq hech kim zarar ko‘rmaydi, kundalik ma’noda esa migrantlarning moslashishi va ko‘nikishi osonroq bo‘ladi. Savol axir viza, patent va ro‘yxatdan o‘tishda emas, balki qoidalarning umumiy intizomi va tushunchasida. Men o‘ylaymanki, Markaziy Osiyodan kelayotganlarni rasmiylashtirishga yondashuvni bir xil qilish vaqti kelgan. Ya’ne hamma uchun migratsion qoidalarni bir xil qilish kerak”, - dedi Krupnov Sputnik O‘zbekiston radioefirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi migratsiya sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish qo‘shma kelishuvlar yo‘lida, jumladan, yirik kompaniyalar va uyushmalar darajasida tashkil etilgan xodimlarni saralab olish orqali harakat qilishi kerak. Bu bir vaqtning o‘zida qator muammolarni hal qilish imkonini berdi – ishchi kuchini qonuniylashtirish, undan muayan sohalarda samarali foydalanish.

Avaalroq rossiyalik iqtisodchi Rossiyada mehnat migratsiyasi o‘sishiga faqat qonunlar to‘sqinlik qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0