Saxalin viloyatida migrantlar ishlashi taqiqlangan sohalar kengaytirildi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam
Sentr sodeystviya migrantam  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Saxalin viloyatiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat qildi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston TIV Saxalin viloyatiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat qildi.

Mamlakatning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh Konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Saxalin viloyati gubernatorining 2018-yil 12-dekabrdagi 37-son Farmoni bilan 2019-yilda mazkur viloyat hududida faoliyat yurutuvchi xo‘jalik subyektlariga ta’lim, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo, xususiy qo‘riqlash xizmatlari faoliyati, ququrlik va quvur transporti, transport vositalari uchun to‘xtash joylari, xavfli tovarlarni tashish, mehmonxona faoliyati va umumiy ovqatlanish korxonalari, suv chiqarish, tozalash va taqsimlash, oqava suvlarni to‘plash va qayta ishlash sohalariga patent asosida mehnat faoliyati olib boruvchi xorijiy fuqarolarni jalb etishga taqiq qo‘yildi.

Silnie morozi v Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
Yoqutistonda mehnat migrantlariga savdo qilish va yo‘lovchi tashish taqiqlandi

“Shuningdek, joriy yilning 17-iyunidan ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda landshaft obodonlashtirish faoliyati, ishga qabul qilish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash agentliklari va reklama agentliklari faoliyati ham kiritildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida joylashgan va Saxalin viloyatiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlarni hisobga olishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyidan Yoqutistonda mehnat migrantlariga qator sohalarda faoliyat yuritishlariga taqiqlar joriy etilgandi, jumladan, patent asosida faoliyat yuritayotgan xorijlar 2019-yilda Yoqutistonda huquq, buxgalteriya hisobi, me’morchilik, muhandislik-texnik loyihalash, ilmiy ishlab chiqarish va tadqiqotlar sohalarida ishlash huquqidan mahrum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0