14:34 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy

Oʻzbekiston hukumati 950 nafar migrantga uyiga qaytishiga qanday yordam berdi

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
Migratsiya
Havola olish
181 0 0

Avvalroq 1,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolarini qaytarishga koʻmaklashish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan edi.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. 2018 yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston hukumati Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 950 nafar  fuqarolariga vataniga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar qildi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga koʻmaklashish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan edi. Ular ogʻir moddiy qiyinchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan va Oʻzbekistonga qaytishga pullari boʻlmagan fuqarolardir. 

Kudbiyevning soʻzlariga koʻra, ulardan 950 nafari allaqachon uylariga qaytarilgan. Vazir hozirda tashkiliy va logistika masalalari tufayli migrantlarni qaytarish koʻproq vaqt talab qilayotganini qayd etdi.

“Vakillarimiz boʻlgan Moskva va Piterdan qaytarishimiz oson, lekin Rossiya juda katta. Hozircha barcha mintaqalarda yordam berish uchun shunchaki xodimlarimiz yetishmaydi”, - dedi Kudbiyev.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham oʻz fuqarolarini oʻz hisobidan chiqarib ketishga tayyor. Vazirlik hujjatlarini yoʻqotgan migrantlarga mamlakatning Rossiyadagi elchixona va bosh konsulxonalarida Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlash toʻlovini amalga oshiradi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra,  hozirgi kunda Oʻzbekistonning 2,3 million nafar fuqarosi xorijda ishlamoqda. Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada qariyb 1 million nafar Oʻzbekiston fuqarolari faoliyat yuritishmoqda.

Avvalroq Oʻzbekistondagi xususiy bandlik agentliklari Rossiyaning boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ulanishi xabar qilingan edi. Oʻzbekiston rekruting agentliklarini Rossiya ish izlash tizimiga jalb qilish masalasi Oʻzbekiston-Rossiya davlatlarining navbatdagi hukumatlararo komissiyasining mehnat migratsiyasini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishida, Krasnoyarskda muhokama qilingan edi.

Asosiy mavzular