TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirligi O‘zbekiston mehnat migrantlarinining huquqlarini himoya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
O‘tgan oyning oxirida ikki mamlakat vazirligi Krasnoyarsk shahrida mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida hamda Urganchdagi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya birinchi majlisi doirasida muzokaralar olib borishdi.
Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, idoralar migrantlar huquqini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirda 2 million 300 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari xorijda ishlamoqda. Ulardan 2 millionga yaqini Rossiyada ishlab, har yili vataniga 4 mlrd dollar yuborishmoqda.
“Biz bu hamma oqim tashkillashtirilgan bo‘lishiga harakat qilimiz kerak”, - deya ta’kidladi vazir.
O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga 472 kishi tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilgan. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati fuqarolarini malakalarini oshirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan xorijga pul o‘tkazlari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallagani xabar qilingan edi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 818 million dollari yuborilgan. O‘zbekistonga mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan mablag‘lar hajmi 2021-yilga kelib 7,2 milliard dollargacha oshishi mumkin.