14:03 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Leningradda Oʻzbekistonlik migrantlar oʻquvchi qizlarga tajovuz qildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
926 0 0

Uch nafar yovuzniyatli shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlgan oʻquvchi qizlarga hujum uyushtirgan

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Tojikiston va Oʻzbekistondan boʻlgan mehnat muhojirlari maktab oʻquvchilariga tajovuz uyushtirib, ularni talon-taroj qilgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Xabarda aytilishicha, Leningrad viloyati Щeglovo-1 posyolkasida uch nafar migrant 14 yoshli qizlarga tajovuz uyushtirgan. Migrantlar qalampirli ballonchadan foydalanishgan, oʻquvchi qizlarga kuch ishlatib, soʻng ularning smartfonlarini tortib olganlar.

Hodisa 16 iyun kuni roʻy bergan.

Politsiya 22 yoshli Tojikiston fuqarosini va ikki nafar 21 yoshli Oʻzbekiston fuqarolarini qoʻlga olgan.

Talonchilarga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Xabarda aytilishicha, migrantlar hech qayerda rasman ishlamagan.

Asosiy mavzular