06:13 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ochered, arxivnoye foto

Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonun qabul qilindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Migratsiya
Havola olish
475 0 0

Qonun bilan malakali xorijiy fuqarolarning Rossiya fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish uchun zarur boʻlgan mehnat faoliyati muddati uch yildan bir yilgacha qisqartirildi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi uchinchi oʻqishda malakali migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtiruvchi qonunni qabul qildi. Hujjat parlamentning quyi palatasi saytida eʼlon qilingan.

Qonun bilan malakali xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish uchun zarur boʻlgan mehnat faoliyati muddati qisqartirildi.

Endilikda Rossiyada kasbi boʻyicha bir yil faoliyat yuritgan malakali xorijiy fuqarolar Rossiya fuqaroligini olish uchun murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Ilgari bu muddat uch yilni tashkil qilardi.

Mazkur imtiyoz Rossiyada maxsus roʻyxatga kiritilgan kasblar, mutaxassisliklar va lavozimlar boʻyicha ishlaydigan mutaxassislarga beriladi.

Mazkur qonun loyihasi 2018 yil 7 iyundagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotning soʻng Vladimir Putin topshirigʻiga binoan ishlab chiqilgan. Hujjat yuqori malakali xorijliklarni Rossiyada ishlashga jalb etishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidentining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova Vladimir Putinga bergan hisobotida sobiq SSSR aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi kerakligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular