08:21 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Reyd GIBDD protiv nelegalnыx taksistov

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamaganlar Rossiyaga kiritilmaydi

© Sputnik / Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
309 0 0

Rossiyada yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamagan xorijiy fuqarolar mamlakatga kiritilmaydi.

TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Rossiya hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamagan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi.

RIA Novostining yozishicha, bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev yoʻl qurilishi boʻyicha davlat kengashida maʼlum qilgan.

Kolokoltsevning soʻzlariga koʻra, IIV Federal bojxona xizmati bilan birgalikda maxsus maʼlumotlar axborot bazasini tuzadi.

“Natijada Rossiyadan chiqib ketayotgan chet el fuqarolari tomonidan jarimalar toʻlanishini nazorat qilish hamda ular majburiyatlarini bajarmaguncha kirishga vaqtinchalik taqiq qoʻyish imkoni paydo boʻladi”, - degan IIV rahbari.

Avvalroq Rossiya deputatlari 2019 yilda yoʻlovchi tashuvchi toʻgʻrisidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi boʻlib ishlashni taqiqlovchi oʻzgartirishlarni kiritishni rejalashtirishayotgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular