14:54 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumы RF po transportu i stroitelstvu Yevgeniy Moskvichev

Rossiya Davlat dumasi deputati chet ellik haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida

© Sputnik / Ilya Pitalev
Migratsiya
Havola olish
272 0 0

Xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi prezidenti, Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Moskvichev IIVning yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamagan xorijiy fuqarolarni mamlakatga kiritmaslik kerakligi toʻgʻrisidagi tashabbusiga oʻz fikrini bildirdi

Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev Rossiya hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamagan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmasligini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, IIV Federal bojxona xizmati bilan birgalikda maxsus maʼlumotlar axborot bazasini tuzadi.

Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Moskvichevning taʼkidlashicha, chet el fuqarolari tomonidan jarimalar toʻlanmasligi dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda, chunki yagona monitoring va nazorat tizimi mavjud emas.

“Butun dunyoda xorijiy haydovchi oʻzining transport vositasida yoʻl harakati qoidalarini buzgan boʻlsa, oʻsha davlatni jarimani toʻlamaguncha tark eta olmasligi yoki agar jarimani toʻlamasdan chiqib ketgan boʻlsa, keyingi safar mamlakatga kiritilmasligi haqidagi amaliyot mavjud. Biz ham bojxona organlari bilan shunday tizimni  joriy qilish niyatidamiz. Afsuski, hozircha shunday vaziyatning guvohi boʻlib turibmiz: qoidani buzdi va unutib yubordi, hech kim buni nazorat qilmaydi va unga tegishli chora koʻrmaydi”, - deydi Moskvichev.

U bu kabi tizim joriy qilinishi mazkur sohadagi muammolarni tartibga solishga va Rossiya yoʻllaridagi vaziyatni yaxshilashga yordam berishini qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular