20:52 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Yevgeniy Bobrov

Ekspert migrantlarni roʻyxatdan oʻtkazish muammosini qanday hal qilish kerakligini aytdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Migratsiya
Havola olish
355 0 0

Rossiyalik huquqshunos, Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi kengash raisining oʻrinbosari Yevgeniy Bobrov migratlarni roʻyxatdan oʻtkazish muammolarini qanday hal qilish kerakligi borasida fikrlarini bildirdi.

Yevgeniy Bobrovning soʻzlariga koʻra, migrantlarni roʻyxatdan oʻtkazish tizimida ikkita asosiy muammo mavjud. Bu soxta hujjatlar va “rezina uylar” hisoblanadi.  Bunday uylar uchastka nozirlari tomonidan muntazam ravishda tekshirib turiladi va ular ustidan tez-tez shikoyat kelib tushadi.

Ekspert: Markaziy Osiyo migrantlari uchun qoidalarni bir xil qilish vaqti keldi

“Davlat tomonidan hech qanday majburiy roʻyxatga olish mexanizmi koʻzda tutilmagan,  shuning uchun ijaraga oluvchi hamisha chetda qolib ketadi”, dedi ekspert Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida.

Uning maʼlum qildishicha, xususan, rezina uylar bilan boʻlgan holatlar koʻp ijtimoiy guruhlarning roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan talablarga javob bermasligi bilan bogʻliqdir. Ular orasida ruslar chet elliklarga qaraganda koʻproq.

Iqtisodchi: Rossiyada mehnat migratsiyasi oʻsishiga faqat qonunlar toʻsqinlik qilmoqda

Shuning uchun ish joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish lozim. Ushbu tashabbusdagi asosiy narsa bu uning roʻyxatga olish hisobining asosiy mezonlariga mos kelishidir. Statistik jihatdan ham mintaqada qancha kishi yashayotganini aniqlash oson boʻladi. Shuningdek, ijtimoiy va transport xizmatlarini toʻgʻri tashkil etishga koʻmaklashadi.

Asosiy mavzular