20:52 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
draka

TIV Qozogʻiston chegarasida oʻzbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi

© Sputnik / Andrey Varenkov
Migratsiya
Havola olish
1034 0 0

Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyati Ichki ishlar departamenti maʼlumotiga koʻra mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qozogʻiston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. 11-iyul kuni Rossiya-Qozogʻiston chegarasida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida sodir boʻlgan mojaro toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video oʻz tasdigʻini topdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyati Ichki ishlar departamenti maʼlumotiga koʻra mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qozogʻiston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozogʻistonda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Oʻzbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmoʻla, Shimoliy Qozogʻiston, Pavlodar, Qostanay va Qaragʻanda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozogʻiston, Turkiston, Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Asosiy mavzular