14:33 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Koreyaga ketish uchun imtihonlar onlayn translyatsiya qilinmoqda

Mintrud
Migratsiya
Havola olish
347 0 0

Mehnat vazirligi Koreyaga ketish uchun oʻtkazoʻilayotgan imtihonlarni onlayn translyatsiya qilmoqda.

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Bugun Koreyaga ketish uchun topshiriladigan EPS-TOPIC imtihonlariga kirish uchun koreys tilini bilish boʻyicha saralash test sinovlari oʻtkazilmoqda, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Saralash test imtihonlarida jami 750 nafar nomzodning ishtirok etishi belgilangan. Ular test sinoviga avvaldan shakllantirilgan roʻyxat asosida kiritiladi. Test sinovlari 14 iyul kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Imtihon jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida test oʻtkazilayotgan binoga va auditoriyaga 30 dan ortiq kuzatuv kameralari, jarayonni toʻliq kuzatib borish uchun maxsus aylanma videokameralar oʻrnatilgan. Shuningdek, imtihon jarayonlarini real vaqt davomida kuzatib borish uchun Mehnat vazirligi saytida onlayn namoyish uzatilmoqda.

Maʼlumot uchun, imtihonda koreys tilidan 40ta savol taqdim etiladi. Mazkur savollarning 20 tasi matnli, 20 tasi audio variant hisoblanadi. Test savollarini bajarish uchun 45 daqiqa ajratilgan. Imtihon 100 balli tizimda baholanib, har bir toʻgʻri javob uchun 2.5 ball beriladi.

Nomzod test savollarini bajarib boʻlgach, testni yakunlash tugmachasini bosadi va shu zahoti monitor orqali qancha ball toʻplaganligini bilib oladi. Bundan tashqari, har bir nomzodning test natijalari qogʻozda chop etilib, nomzodga taqdim etiladi.

Asosiy mavzular