21:43 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoщi

Samarada 68 nafar Oʻzbekiston fuqarosi nomaʼlum moddadan zaharlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Migratsiya
Havola olish
213 0 0

Ommaviy zaharlangan mehnat migrantlari alohida binoda yashagan va oʻzlari ovqat tayyorlagan.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Rossiyaning Samara viloyatida joylashgan “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlaydigan 68 nafar Oʻzbekiston fuqarosi “nomaʼlum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda TIV konsullik departamenti.

“Bosh konsulxona mazkur korxona va hamyurtlarimiz davolanayotgan tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan aloqa oʻrnatilgan hamda vaziyat nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.

Ish beruvchi korxona ushbu vaziyat bilan bogʻliq boʻlgan barcha moliyaviy xarajatlar oʻz hisobidan qoplanishini maʼlum qilgan. Mehnat migrantlarining barchasi qonuniy ravishda ishlayotgani va mehnat shartnomasiga ega ekanligi aytib oʻtilgan.

TASS xabariga koʻra, ayni damda zaharlanish sabablari oʻrganilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ularning barchasi 16-17 iyul kunlari yengil va oʻrta zaharlanish tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ishchilar Sizran tumanida alohida binoda yashagan, oʻzlari uchun ovqatni oʻzlari tayyorlagan.

Ochiq manbaalardagi maʼlumotlarga koʻra, “Koshelevskiy posad” korxonasi 2001 yildan buyon qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadi.

Asosiy mavzular