13:22 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti

FXX Rossiyaga kelgan migrantlar sonini ochiqladi – Oʻzbekiston yetakchi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
477 0 0

FXX hisobotiga koʻra, 2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyaga 2,4 mln xorijlik ishlash maqsadida kelgan. Ulardan eng koʻpini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil qiladi.

TOSHKENT, 16 avg - Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati 2019 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatga ishlash maqsadida kelgan chet el fuqarolari sonini maʼlum qildi.

FXX hisobotiga koʻra, birinchi yarim yillikda Rossiyaga 2,4 mln nafar xorijiy fuqaro ishlash maqsadida kelgan.

Ishlash maqsadida kelganlarning aksariyatini MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Ular orasida Oʻzbekiston yetakchi - Rossiyaga olti oy ichida 918 ming nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun kelgan. Tojikiston 523,9 ming kishi bilan ikkinchi oʻrinda qayd etilgan. Birinchi uchlikka Qirgʻiziston 265 ming kishi bilan kiritilgan. Keyingi oʻrinlarda Ukraina (164,6 ming kishi) va Qozogʻiston (105,3 ming kishi) koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, bu maʼlumotlar unchalik aniq ham boʻlmasligi mumkin, chunki migrantlar Rossiya yiliga bir necha marta kelishadi va har safar yangidan roʻyxatdan oʻtishadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi birinchi yarim yillikda Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi oʻtgan yilning mos davri koʻrsatgichiga qaraganda 0,2 foizga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi aholining 9,1 foizini tashkil qilganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018 yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga kamaygan.

Asosiy mavzular