13:47 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Meditsinskaya sestra

Oʻzbekistonlik shifokorlar Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun boradi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov
Migratsiya
Havola olish
226 0 0

Oʻzbekiston bosh toksikologi va bosh gematologi Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun boradi – TIV.

TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Oʻzbekiston bosh toksikologi va bosh gematologi 17 avgust kuni Samarada zaharlangan vatandoshlarga yordam berish uchun joʻnab ketadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik departamenti.

“2019-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh toksikologi Rustam Akalayev va bosh gematologi Hamida Kazakbayeva “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlagan va iyul oyida “nomaʼlum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilib, hozirdan davolanishni davom ettirayotgan 48 nafar Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun Samara viloyatiga uchib ketadi”, - deyilgan TIV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Samaradagi “Koshelevskiy posad” nomli qishloq xoʻjalik korxonasida ishlayotgan  69 nafar Oʻzbekiston fuqarolari zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi. Shundan soʻng  ulardan bir kishi vafot etgani va ogʻir ahvolda boʻlgan 4 nafari Rossiya FVV samolyotida Moskva shahridagi Gematologiya Milliy tibbiy tadqiqotlar markaziga olib kelingani xabar qilingan edi.

Ayni damda zaharlanish oqibatida kasalxonaga tushgan fuqarolardan 20 nafari sogʻayib oʻz ishiga qaytgan, qolgan 44 nafari hamon V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida davolanmishmoqda.

Ushbu voqea dastlab “Koshelevskiy posad” korxonasi direktori ishchilarining barchasi qonuniy faoliyat yuritganini va ularni davolash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz boʻyniga olishini vaʼda bergan edi. Maʼlum boʻlishicha ushbu korxonada ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari  alohida yotoqxonada yashagan va oʻzlari uchun ovqatni oʻzlari pishirishgan. 

Asosiy mavzular