13:02 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy

Oʻzbekiston mehnat migrantlari uchun qoʻshimcha imtiyozlar belgilamoqda

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
Migratsiya
Havola olish
23310

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 yanvargacha chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari tashkil etiladi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 yanvargacha chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari tashkil etiladi. Bunda, har bir taʼlim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Shuningdek, mehnat migrantlari uchun quyidagilar imtiyozli sugʻurta qilinadi:

- ishga joylashishga patent va boshqa hujjatlar berilishini rad etilishi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;

- transport xarajatlari va boshqa xarajatlar uchun kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;

- ixtiyoriy tibbiy sugʻurta.

Qarorga koʻra, Vatanga qaytib kelgan ishsiz va band boʻlmagan mehnat migrantlariga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan grantlar berish yoʻli bilan bepul kasbiy oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish choralari koʻriladi.

Shuningdek, 2020-2021 yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk, Istanbul, Nur Sulton, Dubayda vakolatxonalari ochiladi.

Asosiy mavzular