12:38 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Skladirovaniye i kontrol kachestva produktsii

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining soni maʼlum qilindi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Migratsiya
Havola olish
498 0 0

Anjumanda Rossiyada payvandlash (svarkachilik) sohasida migrantlarga talab katta ekanligi hamda payvandlash sohasidagi mutaxassislarga yuqori haq toʻlanayotganligi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. 2019 yilning 30 avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. Unda oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining sonini ochiqlandi.

Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, tadbirda ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi masʼul xodimi Azim Ahmatov hozirda mehnat migrantlarning soni taxminan 2,6 va 3 mln atrofida ekanligini maʼlum qilgan.

Shuningdek,u  Rossiyada payvandlash (svarkachilik) sohasida migrantlarga talab katta ekanligini hamda payvandlash sohasidagi mutaxassislarga mehnati uchun yuqori haq toʻlanayotganligini maʼlum qildi. Xususan, eng kamida 1700 rubl miqdorida haq olishi mumkinligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi birinchi yarim yillikda Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi oʻtgan yilning mos davri koʻrsatgichiga qaraganda 0,2 foizga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi aholining 9,1 foizini tashkil qilganini maʼlum qilgan edi. Taʼkidlanishicha, chet elga mehnatga qilgani ketgan shaxslar soni 2018 yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga kamaygan. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, Rossiyadagi oʻzbekistonlik migrantlar har yili vataniga 4 mlrd $ yubormoqda.

Shu bilan birga, Rossiya FXX hisobotiga koʻra, birinchi yarim yillikda Rossiyaga 2,4 mln nafar xorijiy fuqaro ishlash maqsadida kelgan.

Ishlash maqsadida kelganlarning aksariyatini MDH mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Ular orasida Oʻzbekiston yetakchi - Rossiyaga olti oy ichida 918 ming nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun kelgan. Tojikiston 523,9 ming kishi bilan ikkinchi oʻrinda qayd etilgan. Birinchi uchlikka Qirgʻiziston 265 ming kishi bilan kiritilgan. Keyingi oʻrinlarda Ukraina (164,6 ming kishi) va Qozogʻiston (105,3 ming kishi) koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular