O‘zbekistonliklar Turkiyada o‘tkazilayotgan reydlar haqida ogohlantirilmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A319 aviakompanii Turkish Airlines v Mejdunarodnom aeroportu imeni Ataturka v Stambule
Samolet Airbus A319 aviakompanii Turkish Airlines v Mejdunarodnom aeroportu imeni Ataturka v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini barcha kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga va mamlakatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqirib qolgan

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Hozirgi paytda Turkiyaning Istanbul shahrida shaharda noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish borasida transport vositalarida, ish va yashash hamda jamoat joylarida muntazam tekshiruvlar o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

"Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan xorijiy fuqarolarga qo‘yilgan talablar va zarur meyoriy hujjatlarni o‘rganish va vatandoshlarimizni huquqbuzar holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi shahar Xavfsizlik boshqarmasi va migratsiya xizmati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi", - deyiladi xabarda.

Turk mutaxassislarining ta’kidlashicha, aksar xorijiy fuqarolar Turkiyada yashash huquqini beruvchi (ikamet izni) va ishlashga ruxsat beruvchi (çalişma izni) hujjatlar farqini bilmaydi.

Qonunga muvofiq yashash huquqini beruvchi (ikamet izni) hujjatga ega chet el fuqarolari Turkiya hududida ishlashni istasalar, albatta, qo‘shimcha ishlashga ruxsat beruvchi (çalişma izni) hujjatlarga ham ega bo‘lishlari shart. Aks holda, ular qonunni buzgan hisoblanadi va ularga nisbatan choralar ko‘riladi.

Vzletnaya polosa aeroporta v Stambule. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsullik Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Ma’lumki, 2018-yilning oktabr oyidan boshlab Turkiya Hukumati O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya hududida 90 kun davomida vizasiz yurishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu muddat Turkiyada ishlash maqsadida kelgan xorijiy fuqarolarga yashash huquqi (ikamet izni) va ishlashga ruxsat beruvchi (çalişma izni) hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetarli muddat hisoblanadi.

Bundan tashqari Turkiyaning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turk ish beruvchilari bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish orqali Turkiyaga kelishidan oldin ham ishlash huquqini beruvchi (çalişma izni) hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bu esa, ishlashga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini barcha kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga va mamlakatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqirib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0