16:03 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Inostrannыe rabochiye u xostela

Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
776 0 0

Rossiyada 2020 yilga qadar iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushini belgilash toʻgʻrisidagi loyiha ishlab chiqildi

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyada kelgusi yildan boshlab iqtisodiyotning qator tarmoqlarida chet ellik ishchilar ulushini qisqartirishmoqchi. Bu haqda RF Mehnat vazirligi axborot-xizmati maʼlum qilgan.

Tegishli loyiha ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish boʻyicha oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda maʼqullangan.

"Rossiyaning ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish boʻyicha uchyoqlama komissiyasi yigʻilishida RF hukumatining "2020 yilda RF hududida iqtisodiyotning alohida turlari boʻyicha faoliyat olib boruvchi xoʻjalik subʼyektlari tomonidan ishlatiladigan chet ellik ishchilar ulushini belgilash toʻgʻrisidagi" qarori maʼqullandi", - deya aniqlik kiritildi idorada.

Loyiha migrantlar uchun 2019 yilda oʻrnatilgan normani saqlab qolishni taklif etadi. Ammo qurilish vazirligi taklifiga koʻra, Amur viloyati, Buryatiya va Moskvada chet-ellik ishchilar kamayishi kutilmoqda.

Dogʻiston uchun 2020 yilda qurilish sohasida migrantlar ulushi alohida oʻrnatiladi va 50%ni tashkil etadi.

Shuningdek, Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi butun davlat miqyosida sabzavotlarni yetishtirish sohasida ham migrantlarning ulushini belgilashni taklif etdi.

Taʼkidlanishicha, migrantlar ulushining belgilab qoʻyilishi mehnat bozorining regional xususiyatlarini inobatga olgan holda ishchi kuchini jalb etishga hamda avvalo rossiyaliklarning ishga joylashishi ustuvorligini taʼminlashda yordam beradi.

Asosiy mavzular