11:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Passajirы poyezda Moskva-Dushanbe

RF Davlat dumasi raisi Narbayeva bilan migrantlar masalasini muhokama qildi

Sputnik / Stas Etvesh
Migratsiya
Havola olish
410 0 0

Oʻzbekiston mehnat migratsiyasi hajmida Rossiyada birinchi oʻrinda turadi. Bugungi kunda RFda 2 million ikki yuz ming nafar oʻzbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda, dedi Vyacheslav Volodin

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Oʻzbekiston Oliy majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan oʻzbekistonlik migrantlar masalasini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Moskva va Toshkent munosabatlari jadalligini darajasini bir necha faktlar aniq koʻrsatib turibdi: Rossiya Oʻzbekistonga kiritayotgan investitsiyalar hajmi boʻyicha birinchi oʻrinda turadi, savdo aylanmasi hajmi boʻyicha - Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinda. Ammo Moskva Pekindan atigi ikki foizga ortda qolmoqda. RF Davlat dumasi raisining taʼkidlashicha, mamlakatlarni iqtisodiyotdan koʻra, birinchi navbatda odamlar birlashtirib, yaqinlashtirib turadi.

Oʻzbekiston mehnat migratsiyasi boʻyicha Rossiyada birinchi pozitsiyani egallaydi, bu yerda ikki million ikki yuz ming Oʻzbekiston fuqarolari oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishmoqda, deya eslatib oʻtdi Volodin.

"Migrantlardan ular Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshayotganlari uchun minnatdorlik bildirishimiz darkor. Shu bilan birga ular Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyotiga ham hissa qoʻshmoqdalar. Mana shu va boshqa sohalarda munosabatlarimiz qonuniy rivojlanishi haqida oʻylab koʻrishimiz kerak", - dedi RF Davlat dumasi raisi.

Narbayeva bunga javoban mehnat migratsiyasi masalasi Oʻzbekistonning ustuvor masalalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

"...fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasi yoki boshqa davlatlarda migrant sifatida ish faoliyatini olib borishlariga qarshi emasmiz. Lekin ular mehnat qonunchiligiga amal qilishlari shart, ular ijtimoiy muhofazaga olingan boʻlishlari kerak. Rossiya tomoni mehnat migratsiyasi boʻyicha Hukumatlar oʻrtasida boʻlgan kelishuvni amalga oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini eshitganimizdan mamnunmiz", - dedi Narbayeva va bu yoʻnalishda ikki davlat parlamentlari oʻz rejalarini taqdim etish borasida oʻylab koʻrishlari kerakligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Rossiya va Oʻzbekiston parlamenti vakillari ikki davlat oldida turgan umumiy chaqiriqlarga birgalikda qarshi turish maqsadida qonunchilikni moslashtirishga kelishib olishgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular