11:50 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva

Oʻzbekistonda migrantlar yagona maʼlumot bazasi tashkil qilinadi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Migratsiya
Havola olish
271 0 0

Bugungi kunda 3,5 millionga yaqin aholi xorijiy yurtlarga mehnat qilish uchun Oʻzbekistondan chiqib ketgan. Shu kunga qadar ularni roʻyxatga olish bilan hech kim shugʻullanmas edi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda ushbu yilning 1 oktyabridan boshlab, mehnat  migrantlari haqida maʼlumot bazasi ishga tushadi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiya agentligi boshligʻi Baxtiyor Tursunov.

“Chet davlatlarda mehnat migratsiyasi safarida boʻlgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar yagona axborot bazasiga jamlanadi”, - dedi Tursunov.

Mutaxasis aytishiga qaraganda Labor-migration tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” tarkibiga kiritiladi va mehnat migratsiyasi sohasida yanada sifatliroq izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni avtomatik ravishda roʻyxatga olish tizii yoʻq. Maʼlumotlarni jamlash bilan taaluqli muassasa va xizmatlar vakillari shugʻullanib kelishmoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ayni damda 3.5 millionga yaqini xorijiy yurtlarga mehnat qilish uchun ketgan. Bu mehnatga layoqatli boʻlgan iqtisodiy faol aholining 20 %ini tashkil qiladi.

Asosiy mavzular