13:01 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Inostrannыe rabochiye vo vremya proverki dokumentov v xode reyda FMS

Oʻzbekistonlik migrantlar uchun migratsiya amnistiyasi boʻladimi?

© Sputnik / Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
43410

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinovning maʼlum qilishicha, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston va Rossiyaning alohida ishchi komissiyasi ish olib bormoqda. Ishchi guruhga ikki davlat mehnat vazirlari rahbarlik qilmoqda.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov Sputnik Oʻzbekiston muxbirining Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida migratsiya afvi masalasi hal qilinmoqdami, degan savoliga javob berdi.

Erkin Muhitdinovning maʼlum qilishicha, ushbu yoʻnalishda birgalikdagi alohida ishchi komissiyasi ish olib bormoqda. Ishchi guruhga ikki davlat mehnat vazirlari rahbarlik qilmoqda.

“Bu masalani oʻtgan yilning noyabr oyidan buyon koʻtarib kelmoqdamiz. Ishchi komissiyaning ikki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Har bir yigʻilishda migratsiya amnistiyasi masalasini koʻtaramiz. Hozircha rossiyalik hamkasblarimiz bu masala yuzasidan javob berishmadi. Ular buni koʻrib chiqishmoqda. Barchasi Rossiya IIV nazoratida. Joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahrida ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Biz bu masalani birinchilardan boʻlib koʻtaramiz,” – dedi Erkin Muhitdinov

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Oʻzbekiston Oliy majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan oʻzbekistonlik migrantlar masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular