12:49 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Samolet Airbus-320neo aviakompanii Uzbekiston xavo yullari

Oʻzbekistonga sentyabr oyiga qadar 150ta "Gruz-200" olib kelingan

© Press-slujba aviakompanii UzAirways
Migratsiya
Havola olish
573 0 0

Bugungi kunda Oʻzbekiston hukumati "Gruz-200" boʻyicha barcha harajatlarni oʻz zimmasidan qoplab kelmoqda. Bundan tashqari, chet davlatlarda "Gruz-200"ni rasmiylashtirish ishlari ham oʻzbekistonliklar uchun yengillashtirilgan

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Joriy yilning 9 oyi davomida Oʻzbekistonga turli sabablarga koʻra chet davlatlarda vafot etgan 150 nafar fuqarolarning jasadlari qaytarilgan. Bu haqda bugun Xalqaro Press Klubning tashqi migratsiya masalalariga bagʻishlangan sessiyasida Tashqi migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari Baxtiyor Tursunov maʼlum qildi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

"Har-xil sabablarga koʻra, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Turkiya va Ozarbayjon Respublikasida vafot etgan 150 nafar fuqarolarimizning jasadlari vatanga qaytarildi", - dedi Tursunov.

Bundan tashqari, Tashqi mehnat migratsiyaning chet eldagi vakolatxonalari tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga ish beruvchi tomonidan toʻlanmagan oylik maoshlarini qaytarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, 9 oy davomida 354 ming AQSH dollari atrofida toʻlanmagan maoshlar toʻlab berilishiga erishilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzganligi uchun RF ichki ishlar organlari vaqtinchalik saqlash xonalarida saqlanib kelingan 1733 nafar Oʻzbekiston fuqarolari davlat hisobidan vatanga qaytarilgan.

Bundan tashqari Rossiya hududida qiyin ahvolda bir soʻmsiz qolgan 30 nafarga yaqin fuqarolar ham Oʻzbekistonga olib kelingan.

Asosiy mavzular