12:22 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uchastniki vserossiyskoy aktsii boykota Yandeks.Taksi

Primorye oʻlkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Migratsiya
Havola olish
480 0 0

Rossiyaning Primorye oʻlkasida migrantlarga jamoat transportlarini haydash taqiqlanadi. Ilgari oʻlkada patent olgan 300 ziyod migrantlar ishsiz qoladi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiyaning Primorye oʻlkasida migrantlarga jamoat transportlani haydash taqiqlandi. Bu haqda oʻlka matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tegishli buyruqqa Primorye oʻlkasi rahbari Oleg Kojemyako imzo chekkan. Hujjat keyingi yildan qonuniy kuchga kiradi.

“2020 yildan Primorye oʻlkasi hududida transport sohasida patent asosida ishlaydigan chet el ishchilari mehnatidan foydalanish taqiqlanadi”, - deyilgan xabarda.

Xususan, migrantlarga shahar va shahar atrofida avtobus, tramvay, trolleybus va taksi haydash taqiqlanadi.

Shu bilan birga ijaraga olingan turistik va ekskursiya yoʻnalishlarida ishlaydigan avtobuslarda haydovchi boʻlib ishlab taqiqlanmaydi.  

Qayd etilishicha, mazkur cheklov ilgari oʻlkada patent olgan 300 ziyod migrantlarga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlamaganlar Rossiyaga kiritilmaydi

Xabarda mazkur chora oʻlkada mehnat bozorini yaxshilash va Rossiya fuqarolaring ishga joylashishda ustuvorligini taʼminlashga qaratilgani qoʻshimcha qilingan.

Avvalroq Sputnik Rossiya deputatlari 2019 yilda yoʻlovchi tashuvchi toʻgʻrisidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi boʻlib ishlashni taqiqlovchi oʻzgartirishlarni kiritishni rejalashtirishayotgani xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular