12:23 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev
Migratsiya
Havola olish
1000 0 0

Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu oʻzgartirish 2019 yil 2 oktyabrdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur boʻlgan mehnat muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Farmon 19 sentyabr kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida eʼlon qilindi.

RF fuqaroligini olish uchun ariza bilan murojaat etish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislarning minimal ish faoliyati muddati 3 yildan 1 yilgacha etib qisqartirildi. Oʻzgarishlar birinchi navbatda malakali kadrlarni qamrab oladi.

Tegishli mutaxassisliklar roʻyxati Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu roʻyxatda shifokorlar ham, muhandislar ham, tokarlar ham, elektriklar ham bor.

Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu oʻzgartirish 2019 yil 2 oktyabrdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi uchinchi oʻqishda malakali migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtiruvchi qonunni qabul qilgani xabar qilingan edi. Mazkur qonun loyihasi 2018 yil 7 iyundagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotning soʻng Vladimir Putin topshirigʻiga binoan ishlab chiqilgan. Hujjat yuqori malakali xorijliklarni Rossiyada ishlashga jalb etishga qaratilgan.

Asosiy mavzular