11:45 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Rossiyada yuqori malakali xorijiy migrantlarning ish haqi kamaytirilishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Migratsiya
Havola olish
22210

Rossiyada yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqi bir yarim baravarga kamaytirish taklif qilindi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Yuqori malakali xorijiy mutaxasislar ish haqining chegarasini bir yarim baravarga – oyiga 167 mingdan 100 ming rublgacha kamaytirish taklif qilindi.

Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” Rossiya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga asosan xabar qildi.

Taʼkidlash joizki, yuqori malakali chet ellik mutaxassislar Rossiyada kvota va patentlarsiz ishlaydigan va yiliga 2 million rubl miqdorida maosh oladigan migrantlar toifasiga kiradi. Bu oyiga sal kam 170 ming rublni tashkil qiladi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti professori Aleksandr Safonovning taʼkidlashicha, Rossiyada yuqori malakali mutaxassislar toifasiga nafaqat top-menedjerlar, balki yaxshi muhandis va ishchilar ham kiradi.

Uning fikriga koʻra, Xitoy, Chexiya yoki Vengriyadan kelgan mutaxassislarga oyiga 100 ming rubl maosh avvalgidek jozibador boʻlib koʻrinishi mumkin.

Asosiy mavzular