12:28 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Oformleniye i vыdacha biometricheskix zagranichnыx pasportov

Rossiya fuqaroligini olish qoidalari oʻzgartirilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Migratsiya
Havola olish
503 0 0

Rossiya hukumati Rossiya fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkin.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Rossiya hukumati mamlakat fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkin.

RIA Novosti xabarida aytilishicha, bu haqda tegishli taklif Davlat Dumasiga 2020-2022 yillarga moʻljallangan federal byudjet loyihasiga ilova qilingan hujjatlarda bayon etilgan.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligining bayonotida yozilishicha, kelajakda migratsiya siyosatini amalga oshirilishida boshqa fuqarolikdan voz kechish majburiy talabini bekor qilishga imkon beradi. Tayyorlangan hujjat hukumat tomonidan maʼqullangan.

Bundan tashqari, Rossiya oliygohlari, MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining yetakchi oʻquv muassasalarida tahsil olgan xorijliklar uchun vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash huquqini beruvchi hujjat va fuqarolikni olish tartibini soddalashtirish boʻyicha rejalarni ham oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular