06:57 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Rossiyada migrantlarning rekord soni qayd etildi

© Sputnik / Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
637 0 0

Mamlakatga kelayotganlar orasida quruvchilik, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, uy-joy kommunal xoʻjaligi, avtomobil yoʻllar qurilishi kabi sohalar hali-hanuz aktual boʻlib qolmoqda.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya 2019 yilda rekord miqdordagi mehnat migrantlarini qabul kiladi, deb maʼlum qildi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti laboratoriya mudiri Yelena Yegorova.

Joriy yil yanvar-iyul oylarida migrantlar soni oʻtgan yilga nisbatan ikki baravarga oshganligi va 153 ming 912 kishini tashkil qilgani aniqlandi.

“Bu soʻnggi besh yilda eng yuksak koʻrsatkich”, - deya taʼkidladi tadqiqotchi.

Uning fikricha, 2019 yil boʻyicha xulosa bir yillik koʻrsatkichlarning taqqoslanishi asosida qilingan. Ehtimol qilinishicha, qolgan oylarda migratsiya oʻsish surʼatlari avvalgi holida qoladi. 

Mehnat migrantlari sonining oʻsish sabablari qatorida statistik hisobotlarning yangi shakllari kiritilgani va migrantlarning vaqtincha roʻyxatga turishga imkoniyatlari paydo boʻlganligi qayd etildi. Qolaversa, 2018 yil yanvar-iyul oylariga solishtirganda, bu yilgi koʻrsatkich boʻyicha yurtlariga qaytib ketayotganlar (4%dan kam) soni kamayib, kelayotganlarniki (19%ga koʻp) esa oshmoqda.

YE.Yegorovaning soʻzlariga qaraganda, migrantlar orasida MDH aʼzo-davlatlari – Oʻzbekiston, Tojikiston, Ukraina va Armeniya fuqarolari koʻpchilikni tashkil etadi.

Rossiyaning qaysi mintaqasida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan? 

“Boshqa davlatlardan kelayotganlar oʻrganilganda, koʻproq Xitoy, Serbiya va Siriyadan xohlovchilar talaygina ekanligi aniqlandi”, - dedi Yegorova.

Rossiyaga kelayotganlar orasida quruvchilik, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, uy-joy kommunal xoʻjaligi, avtomobil yoʻllar qurilishi kabi sohalar hali-hanuz aktual boʻlib qolmoqda.

“Bunga qarama-qarshi oʻlaroq, kiritilgan sanktsiya va taʼqiqlar tufayli, Yevropa va rivojlangan dunyo mamlakatlaridan yuqori malakali chet el fuqarolarining Rossiyaga kelishida pasayish kuzatilmoqda”, – qoʻshimcha qildi ekspert.

Birmuncha vaqt ilgari, RF hukumat apparati rahbari muovini Sergey Prixodko Rossiyaga har yili 2,5 million oʻzbekistonlik kirib kelayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot bergandi. Rossiya Federatsiyasi subʼyektida ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya IIVning hududiy boʻlinmasida mehnat qilish huquqini beruvchi maxsus patentni rasmiylashtirishi kifoya qiladi.

Asosiy mavzular