10:24 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare

Rossiya mamlakatdagi shifokorlar defitsitini migrantlar yordamida hal qilmoqchi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Migratsiya
Havola olish
305 0 0

Rossiya mamlakatdagi shifokorlar yetishmasligi muammosini migrantlar yordamida hal qilmoqchi va tibbiyot sohasidagi malakali migrantlarga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiyada shifokorlar yetishmasligi muammosini migrantlar yordamida hal qilishmoqchi, deya yozadi “Izvestiya” nashri.

Qayd etilishicha, tibbiyot sohasidagi kadrlar yetishmasligini bartaraf etish uchun migrantlarni jalb qilish tashabbusi Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligiga tegishli.

Vazirliklar maʼlumotlariga qaraganda, hozirda Rossiya shifokorlarining kadrlar salohiyati mamlakatning shifokorlarga boʻlgan ehtiyojini faqat 4%ni qoplashi mumkin.

Xususan, Rossiyada tez yordam shifokorlari, nevrolog, okulist, onkologlar yetishmasligi qayd etilgan.

Bu muammolarni hal qilish uchun mazkur idoralar xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga tayyorlar. Shuningdek, ularga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular