21:37 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Straxovoy polis

Rossiyada migrantlarga deportatsiyadan sugʻurta taklif etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Migratsiya
Havola olish
529 0 0

Davlat dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi migrantlarni deportatsiyadan majburiy sugʻurta qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqadi.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiyaga kirishda migrantlar deportatsiya yoki mamlakatdan maʼmuriy chiqarib yuborishdan majburiy sugʻurta qilish tartibi joriy etilishi mumkin. "Parlamentskaya gazeta" xabar qildi.

Davlat dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmita 15 oktyabrda qonun loyihasini koʻrib chiqadi.

Tashabbus mualliflari fikriga koʻra, bu hujjat migrantlar uchun majburiy hujjatlar toʻplamiga kiradi.

Sugʻurta muddati 270 kunni tashkil etadi – bu xorijiy fuqaro Rossiyada qoshi mumkin boʻlgan eng koʻp muddat.

Majburiy sugʻurta migrantlar va mamlakat byujdetiga yordam beradi: yaʼni Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan chet ellik ishchilar yoʻqolgan ish haqini qisman qoplaydi, davlatga esa federal byudjetdan deportatsiya qilish xarajatlarini kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda chet el fuqarolarini ekstraditsiya qilish asosan Rossiya hisobiga amalga oshirilmoqda va muhojirlarning 40 foizi oʻzining yoki taklif etuvchi tomon mablagʻi hisobidan mamlakatni tark etishmoqda.

Biroq, Rossiya Federatsiyasi hukumatida ushbu taklifga salbiy baho berildi.

Davlat idorasi vakillarining taʼkidlashicha, Fuqarolik kodeksiga muvofiq noqonuniy manfaatlarni sugʻurta qilishga yoʻl qoʻyilmaydi va sugʻurta tizimida bunday band mavjud emas.

Asosiy mavzular