19:45 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Passajirы poyezda Moskva-Dushanbe

Oʻzbekistonda tashqi migratsiya toʻgʻrisida qonun qabul qilinishi mumkin

Sputnik / Stas Etvesh
Migratsiya
Havola olish
41710

"Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida"gi qonun tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida qabul qilinishi kutilmoqda

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan "Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilish taklifi bildirildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

15 oktyabr kuni Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi va partiya Markaziy Kengashi tomonidan "Tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish: muammo va yechimlar" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosi tanqidiy koʻrib chiqildi, sohadagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, davra suhbatida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro tajriba, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, istiqboldagi rejalar xususida soʻz yuritildi.

Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi >>>

Yigʻilish ishtirokchilari tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida "Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida"gi qonunni qabul qilish taklifini bildirdi.

Asosiy mavzular