21:28 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zaderjannыe migrantы vo vremya reyda politsii

Rossiya IIV deport qilingan migrantlar sonini ochiqladi

Sputnik / Andrey Stenin
Migratsiya
Havola olish
633 0 0

Rossiya Ichki ishlar vazirligi shu yil oʻtgan davr mobaynida deport boʻlgan nolegal migrantlar soni haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya IIV xodimlari tomonidan shu yil oʻtgan davr mobaynida migratsiya qonunchiligini buzgan 2,5 ming kishi deportatsiya qilindi, deb maʼlum qildi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy.

“Yil boshidan migratsiya qonunchiligi buzilishi uchun 30 mingdan ortiq chet ellik javobgarlikka tortildi, 2,5 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborildi”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligini berish haqida 20 tadan ortiq arizalarga rad javobi berildi.

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2020 yilda chet el fuqarolari uchun ishlashga ruxsatnomalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qildi: 150 ming dona  ruxsatnoma berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil qilganlik uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladilar.

Endi noqonuniy migratsiya kanali yoki jinoyatda yordam berganlik uchun bu ishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Asosiy mavzular