15:57 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov

“Vaqtincha yashash uchun ruxsat” Oʻzbekistonda oʻzini oqlaydimi?

Radio Sputnik
Migratsiya
Havola olish
255 0 0

Oʻzbekistonga xorijiy investorlarni nima jalb qilishi mumkin va 3 mln AQSH dollariga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma qanchalik jozibador boʻla oladi. Bular haqda rossiyalik iqtisodchi Anton Shabanov mulohazalari.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda xorijiy investor respublikaga 3 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan qiymatda mablagʻ kiritishi sharti bilan 10 yillik muddatga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berilish imkoniyati paydo boʻldi. Shu bilan birga, salohiyatli investorlarga qoʻshimcha imtiyozlar va uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ravishda taʼlim olish uchun preferentsiyalar kafolatlanadi.

Rossiyalik iqtisodchi fikriga koʻra, mablagʻlarni jalb qilishning bu usuli butun dunyoda keng tarqalgan, ammo yakuniy natija aniq shart-sharoitlarga, pul tikmoqchi boʻlgan chet el fuqarosi qoʻlga kiritadigan afzalliklarga borib taqaladi. 

Bunday tajriba  koʻplab taraqqiy topgan mamlakatlar – AQSH, Shveytsariya kabilar tomonidan qoʻllanib kelingan. Xorvatiyada ham, masalan, kurortlar qurilishida bu turdagi ruxsatnoma berish dasturi bor edi, deydi iqtisodchi.

"Asosiy savol, bunday tajribani qoʻllamoqchi boʻlgan davlat yangi investorlarga qanday manfaatli afzalliklarni taqdim eta oladi? Investorlarni qanday yengilliklar, soliq imtiyozlari kutib qoladi? Ruxsatnomaga belgilangan narxga keladigan boʻlsak, uning u qadar baland va past ham emasligini qayd etish kerak. Umumiy koʻrsatkichlardan kelib chiqilsa, fikrimcha, harajatlar kutiladigan salohiyatli daromadlardan hozircha oshib oʻtyapti. Shuning uchun ham bu mexanizmni juda koʻp biznesmen qoʻllaydi, deb oʻylamayman”, - deya taʼkidladi Shabanov.

Ayni vaqtda, ekspert ushbu dastur kelgusida rivoj topishi va hozirgi shart-sharoitlar bu xorijiy hamkorlarni kompleks jalb qilish yoʻlida ilk qadam boʻlishi mumkinligini inkor etmadi.

Asosiy mavzular