20:33 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Dmitriy Poletayev

Muhojirga emas, pinhoniy iqtisodiyotga qarshi kurashish kerak

© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya Poletayeva
Migratsiya
Havola olish
442 0 0

Noqonuniy migratsiya va ishga joylashtirish masalalarini yechishda Rossiyada qanday choralar koʻrilishi kerakligi borasida Migratsiya boʻyicha tadqiqotlar markazi direktori Dmitriy Poletayev Sputnik bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyada 16 oktyabrdan eʼtiboran, iqtisodiyotning turli sohalariga migrantlarni jalb qilishga kvotalar oʻrnatuvchi hukumat qarori kuchga kirdi. 2020 yilda mehnat muhojirlarining aksariyatini qurilish sohasiga jalb qilishga ruxsat berilgan. Kvota umumiy ishchilar sonining 80%i darajasida oʻrnatilgan. Ushbu meʼyor Moskva shahri, Oltoy oʻlkasi va Buryatiyaga tarqalmaydi.

Muhojirlar ulushi yoʻlovchi va yuklarni tashish sohasida 26%, sportda 25%, qishloq xoʻjaligi sanoatida 50% ni tashkil etadi.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Dmitriy Poletayev fikricha, yangi kvotalar kiritilishi bilan hech narsa oʻzgarmaydi. Oʻzbekiston va tojikistonlik mehnat muhojirlarining koʻpchiligi shundoq ham qurilish sohasida band. Ular xizmat koʻrsatish sohasida ozchilikni tashkil etadi.

Ekspert fikricha, bu singari huquqiy regulyatorlar kuchga kirganda, ularni ogʻib oʻtish yoʻllari bor gʻayrat bilan qidirila boshlanadi. Poletayev suhbati davomida muhojirlarga savdo sohasida ishlashga taʼqiq qoʻyilganda, ular yordamchi ishchi kuchi sifatida rasmiylashtirilishni boshlanganini eslatib oʻtdi.

“Kvotalarni bajarish ustidan doimiy nazorat yoʻq va koʻrib turganimizdek, qoidalarni buzganlarning oʻz xabar yetkazuvchilari bor”, - deydi ekspert.

Uning aytishicha, kvotalar kiritilishi bilan samara boʻladi, ammo u muammoni batamom hal qilib berishini kutmaslik kerak.

Ekspert migrantlar patent toʻlovi oʻrniga soliq toʻlashlari haqida: "lekin"i bor

Bu oddiy iqtisodiyot qonuni, yaʼni agar sohada kishilarga zaruriyat boʻlsa, muhojirlar bu yerda ishlashga, ish beruvchi esa ularni yollashga tayyor boʻlsa, demakki, rasmiy kursdan chetlashish holatlari vujudga kelishini inkor qilib boʻlmaydi”, - deb xulosa qildi D.Poletayev.
Noqonuniy migratsiya va ishga joylashtirish sohalaridagi mavjud muammolarni hal qilish uchun iqtisodiy choralar kerak boʻladi. Mehnat muhojirlari bilan emas, pinhoniy (soyaviy iqtisodiy-tahr.) sektorga qarshi kurashish kerak, deb yakun yasadi suhbatdosh.

Asosiy mavzular