21:05 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Antiterroristicheskiye ucheniya spetsnaza UFSB i UMVD Rossii

Sankt-Peterburgda ommaviy reyddan soʻng yuzlab migrantlar qoʻlga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo
Migratsiya
Havola olish
78011

Sankt-Peterburgdagi reyd davomida, OAV xabarlariga koʻra, Markaziy Osiyodan yuzlab migrantlar qoʻga olingan

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgda ommaviy reydlar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv davomida migrantlar toʻplanadigan 15ga yaqin joylarda boʻlishgan, shu jumladan, "Narodnыy" universamida, Sennoy va Apraksin bozorlarida.

Operatsiyaga jami ikki yuzga yaqin IIV va Rosgvardiya xodimlari jalb etilgan.

Regional OAV xabarlariga koʻra, reyd davomida yuzlab chet elliklar qoʻlga olingan. Ularning bir qismi Rossiyada noqonuniy boʻlib turgan, yana bir qismining hujjatlar va propiska masalalalarida muammolari boʻlgan, yana bir qismi tergov tadbirlari uchun qoʻlga olingan.

Huquqni muhofaza qilish organlari shaharda yuz bergan va ikki nafar tojikistonlik migrant jarohatlangan qurolli mojaroga shu tariqa munosabat bildirmoqda.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mojaroning 12 ishtirokchisi qoʻlga olingan, tergovchilar yana 40 nafar kishini qidirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 14 oktyabr kuni Apraksin bozoriga yaqin uylardan birida ommaviy mushtlashuv yuz bergan: guvohlar politsiyaga mojaro ishtirokchilari qurollanganligi haqida xabar berishgan, hatto oʻq ovozlari eshitilgan.

Dastlabki versiyaga koʻra, Tojikiston va Oʻzbekistondan kelgan migrantlar diasporasi oʻrtasida maishiy sabablar tufayli janjal roʻy bergan.

Hodisadan soʻng, huquq-tartibot organlari migrantlar yashaydigan qator manzillar boʻylab qidiruv ishlarini oʻtkazganlar.

Asosiy mavzular