20:34 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Rabochiye-stroiteli na krыshe zdaniya v Moskve.

MDH Migratsiya kodeksi qanday boʻlishi kutilmoqda?

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
303 0 0

Qonunchilik akti MDH makonida migratsiya sohasidagi meʼyorlarni birlashtirib, tartibga keltiradi. Loyiha xorijiy ishchi kuchini yollash, muhojirlarning begona oʻlkada moslashuvi, ijtimoiy himoyasi kabi jabhalarni qamrab olgan.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik, Marina Chernыshova-Melnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzo-davlatlari Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida Ijtimoiy siyosat va inson huquqlari boʻyicha Doimiy komissiyaning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi sayti ish boshladi

Mehnat migratsiyasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari, ushbu sohalarda qonunchilikni qanday takomillashtirish va mavjud tahdidlarga qanday qarshi turish mumkin kabilar sobiq ittifoq respublikalari parlament, ilmiy doiralar, mutasaddi  tashkilot va xalqaro tuzilmalar vakillari diqqat-eʼtiborida boʻldi.

MDH Migratsiya kodeksining asosi

Kodeks MDH davlatlarida qoʻllaniladigan migratsiya sohasidagi aktual qonunlarning birlashmasi boʻlib, u tavsiya xususiyatiga ega tizimlashtirilgan huquqiy aktdir.

Yaʼni ushbu kodeks aslida qonun ham emas, va uning MDH hududida na bugun va na kelajakda kuchga kirishini kutish mumkin.

Shunday boʻlsa-da, 25 bobdan tarkib topgan 100-betli ushbu kodeks aʼzo-mamlakatlar uchun muhim boʻlgan mavzular: boshqa davlatlar hududida chet el fuqarosining huquqiy holati, ichki va tashqi migratsiya, kirish-chiqish tartibi, xorijiy ishchi kuchini yollash, muhojirlarning begona oʻlkada moslashuvi, soliq solinishi va davlat bojlari toʻlovi, muhojirlarning ijtimoiy himoyasi va shu kabilarni qamrab olgan.

Bugungi kunga kelib, Migratsiya kodeksi faqat Ozarbayjonda qabul qilingan. Qolgan MDH davlatlarida migratsiya sohasidagi rasmiy hujjatlarning ishlab chiqilishida mazkur kodeks asos qilib olinishi, amaldagi qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilishi maʼlum qilindi.

Servis tashkilotlar va ishchi kuchining yagona reyestri

Kodeksning muhim jihatlari haqida mualliflar soʻz yuritar ekan, xususan, elektron hujjat almashinuviga oʻtish, elektron imzo qoʻllanilishi, dispanserizatsiya davomida xodimlar kafolatlari alohida qayd etildi.

Muhokamalar davomida eng koʻp munozaraga sababchi boʻlgan bob xorijiy ishchilarni jalb qilish toʻgʻrisidagi bob boʻldi.

“Bu mavzuga doir huquqiy meʼyor ishlab chiqish vazifasi oldimizda turgan edi. MDH mamlakatlarining amaldagi meʼyorlarida masalaning qonuniy asosi umuman yoʻqligi aniqlandi. Shuning uchun ham xalqaro huquq va har bir aʼzo-davlatning konstitutsion tamoyillari bunda asos qilib olinadigan boʻldi”, - dedi RF prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi kafedra dotsenti Galina Yelistratova.

Ekspertlar mazkur kodeksning alohida boblariga eʼtiborini qaratar ekan, unda migratsiya sohasida xizmat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat servis tashkilotlari, ularning faoliyatiga oid qoidalar, vositachi-firmalarning akkreditatsiyasi, ularning haq-huquqlari, majburiyatlari va ishdagi cheklovlar aniq belgilab oʻtilganligini qayd etdilar.

Servis tashkilot xorijiy fuqaroning patent olishi, qonuniy ish topishi, mehnat shartnomasi, turar-joy ijarasi boʻyicha shartnomalarni tuzish, mehnat milliy bozorida aktual boʻsh ish joylari bazasini yurgizish kabilarda koʻmaklashadi.

Shu oʻrinda servis tashkilotlarga migratsiya sohasida xizmat koʻrsatish huquqini mutasaddi davlat organlari berishi kerakligi kodeksning alohida moddasida koʻrsatilgan. Bu kabi tashkilot rahbarligiga tashqi mehnat migratsiyasi sohasida kamida ikki yil faoliyat yuritgan kishilargina daʼvogarlik qila olishi ham belgilab oʻtilgan.

Oʻzbekistonda Rossiya migratsiya markazlari ochilishi mumkin

Oʻz mutaxassisligini tasdiqlagan va mehnat qonunchiligi asosida faoliyat yuritishga tayyor boʻlgan chet el fuqarolarining doimiy yagona reyestrini joriy etish Qirgʻiziston Jokorgu Keneshi vakillari tomonidan taklif qilindi.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Qizgʻin muhokamalardan soʻng, barcha takliflar kodeks loyihasiga qoʻshilib, uni tasdiqlatish Parlamentlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi kun tartibiga kiritildi. Komissiya raisi Arif Gafar oʻgʻli Ragimzade hamkasblarini mazkur Migratsiya kodeksini cheksiz kengaytirish va qayta-qayta qoʻshimcha qoidalar bilan toʻldirib borish istagidan voz kechishga chaqirdi.

“Sohadagi barcha tilak va takliflarni birgina qonun doirasida qamrab boʻlmaydi. Hujjat migratsiya sohasiga bagʻishlangan. Asosiy qoidalar qatʼiyan mavzu doirasida boʻlishi zarur. Umid qilamizki, berilgan takliflar MDH aʼzo-davlatlarining migratsiya sohasidagi qonunlarining takomillashuviga hissa qoʻshadi”, - deya soʻziga yakun yasadi ekspert.

Asosiy mavzular