19:45 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Politolog, chlen Obщestvennoy palatы RF Konstantin Zatulin

MDHda umumiy fuqarolikni joriy etish kerak - Zatulin

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Migratsiya
Havola olish
89221

Hamdoʻstlik davlatlari aholisi oʻrtasida umumiy fuqarolikni joriy etish gʻoyasi borasida rossiyalik deputat Konstantin Zatulin mulohazasi.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Ertami-kechmi MDH aʼzo-mamlakatlarining milliy fuqaroligi bilan teng ravishda Hamdoʻstlik doirasida umumiy fuqarolikni ham joriy etish talab qilinadi, dedi MDH ishlari boʻyicha RF Davlat dumasining qoʻmita raisi oʻrinbosari Konstantin Zatulin.

Parlamentariy soʻzlariga qaraganda, u bu gʻoyani avval ham bir necha marotaba ilgari surgan, javoban esa tanqidiy sharhlargagina duch kelgan. Koʻpchilik bu tashabbusni milliy suverenitet uchun oʻta xavfli deb tushunadi.

“Fikrimcha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlanish mantigʻi barchamizni bu qarorga daʼvat etadi”, - deydi deputat.

Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, RF chegarasini MDH aʼzo-davlatlari fuqarolari milliy pasportlarini taqdim etgan holda, vizasiz kesib oʻtishi mumkin. Reglamentga koʻra, Hamdoʻstlik mamlakatlari fuqarolari Rossiya hududida 90 kungacha qolishi mumkin. Muddat tugagach esa, chegarani kesib oʻtish talab qilinadi. Umumiy hisobda, yaqin xorijdan kelgan chet elliklar Federal migratsiya xizmatiga tashrif buyurmasdan yilida 180 kundan ortiq boʻlmagan muddatda Rossiya hududida boʻlish haqqiga ega.

Asosiy mavzular