20:48 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
V Tashkente stalo populyarnыm dvijeniye Pozvoni svoim

Toshkentda "Yaqinlardan xabar ol" harakati ommalashmoqda

Xokimiyat
Migratsiya
Havola olish
174 0 0

Chet elda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklarning “holidan xabar olish”ning yangicha usuli ishlab chiqildi. Loyiha hozircha Toshkent boʻylab qoʻllanilmoqda.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Toshkentda “Yaqinlardan xabar ol” harakati tobora kengaymoqda, xabar qiladi Toshkent hokimligi.

Dastur mohiyatiga koʻra, mahalla qoʻmita raislari “yaqinlari” boʻlmish oʻqish yoki ishga ketgan mahalla fuqarolariga qoʻngʻiroq qilib, hol-ahvolidan xabar oladi.

“Barchamizga maʼlumki, xorijga ish yoki oʻqish uchun joʻnab ketgan insonlar oʻz oilasi, qoʻshnilari, ularning ovozi, qolaversa, oʻzbek milliy taomlari va albatta, Vatan havosini, uning iforini, mehrini sogʻinishadi. Shuning uchun bu kabi norasmiy qoʻngʻiroqlar ular uchun qadrlidir”, - deyiladi xabarda.

Toshkentning 11 ta mahallasida suhbatlashish maskanlarini tashkil etish loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Qolaversa, hamma oilada ham kompyuter va internetga kirish imkoniyati mavjud emas. Barcha fuqarolar ham birdek yangi kompyuter texnikasidan foydalana olmaydi. Ayniqsa, qariyalar uchun ushbu vazifa qiyinchilik tugʻdiradi.

Shu bois, ular uchun mahalla fuqarolar yigʻinida yaqinlar bilan suhbatlashishlari uchun maxsus joy ajratiladi.

Loyiha yaqin kunlarda boshlangan, lekin tashabbus mahalla aholisi hamda hozircha uyidan yiroq boʻlgan fuqarolar tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlanayotganligi tarqatilgan xabarda alohida taʼkidlanmoqda.

Asosiy mavzular