39 jasad ortilgan fura: odamlar o‘z o‘limi oldidan yaqinlariga dahshatli SMS yuborishgan

© REUTERS / Peter NichollsPolitsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23-oktabrya 2019
Politsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23-oktabrya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar orasida Vyetnam fuqarolari bo‘lishi mumkin. Londondagi Vyetnam elchixonasi xabariga ko‘ra, ularga o‘z yaqinlarini qidirayotgan bir necha oila murojaat qilgan

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Britaniyaning Esseks grafligida yuk mashinasida halok bo‘lgan odamlar jon berishlari oldidan o‘z qarindoshlari bilan bog‘lanishga uringanlar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

OAV: Angliyada o‘lik holda topilgan 39 kishi Xitoy fuqarolari

O‘ttiz to‘qqiz jasad ortilgan fura politsiya tomonidan Angliya sharqida aniqlangan edi. Mashina Greys shaharchasidagi sanoat zonasida parkovka qilingan bo‘lgan. Fura Angliyaga Bolgariyadan 19-oktabr kuni kirib kelgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar Xitoy fuqarolari ekanligi aniqlangan. Odamlar kuzovning muzlatkich qismida qoldirilgan. U yerda havo temperaturasi -25 gradusni tashkil qilgan.

Nashr yozishicha, OAVlarda halok bo‘lganlar orasida vyetnamliklar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan. 26 yashar Fam Txi Tra Mayaning qarindoshlari jurnalistlar bilan bog‘lanishgan va fojia yuz bergan kunda "Oyijon, meni kechiring. Chet elga safarim o‘xshamadi. Men sizni va dadamni juda ham yaxshi ko‘raman. Men o‘lyapman, chunki nafas ololmayapman", degan mazmundagi dahshatli SMS olishganini aytishgan.

Qiz o‘zining oxirgi xabarini seshanba kuni 22:30da — konteyner Belgiyaning Zebrugge shahridan Britaniyaning Purflitiga yetib kelishidan ikki soat oldin yuborgan.

Vyetnamlik qizning akasi Fam Txi Cha Mi singlisi Buyuk Britaniyaga yetib olish uchun 30 ming funt (38 ming dollar) to‘laganini ma’lum qilgan.

Qochoqlar masalasi bo‘yicha BMT sobiq Oliy komissari Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
BMT Oliy komissari: qochoqlar palatkasida o‘tkazilgan 20 daqiqani umrbod unutmayman

"U avvaliga Xitoyga uchdi, u yerda ikki kun bo‘lgach, Fransiyaga yo‘l olgan edi. Har bitta davlatdan bizga qo‘ng‘iroq qilib turdi. Singlim birinchi marta Britaniya chegarasini 19-oktabr kuni kesib o‘tishga harakat qilgan, ammo uni tutib olib, ortga qaytarishgan. Bu qaysi portda yuz berganini bilmayman", - deb xabar qilgan erkak.

Furada halok bo‘lganlar orasida 20 yashar vyetnamlik Nguyen Din Luong va 19 yashar qiz ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Londondagi Vyetnam elchixonasi ularga o‘z yaqinlarini qidirayotgan bir nechta oila murojaat qilgani to‘g‘risida xabar bergan. Halok bo‘lganlar orasida kamida 10 kishi Vyetnam fuqarolari bo‘lishi mumkin degan ehtimollar bor.

Odamlarning ommaviy halok bo‘lishgani ishi yuzasidan yuk mashinasi haydovchisi — 25 yashar shimoliy irlaniyalik Mo Robinson qo‘lga olingan. Sal keyin odam savdosi maqsadida til biriktirish va qasddan amalga oshirilmagan qotillikda gumonlanib yana ikki nafar erkak va bir ayol qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0