21:30 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Rossiyada barcha xorijliklar daktiloskopiyadan oʻtkaziladi

© Sputnik / Maksim Blinov
Migratsiya
Havola olish
247 0 0

Joriy yilgi RF migratsiya sohasida turgan maqsad va vazifalar, amaldagi qonunchilikni buzganlik uchun mamlakatdan deportatsiya qilinganlar, RF fuqaroligiga kirishda rad javoblari xususida ayrim statistik maʼlumotlar.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Xorijliklarning hududga kirmasligini soʻrab 170 000 dan ortiq rasmiy iltimosnomalar RF xavfsizlik organlariga kelib tushgan. Ularning 50 000 tasi yuzasidan hududda vaqtincha boʻlib turish muddatini qisqartirish boʻyicha qarorlar qabul qilingan. Bu haqda RF Ichki ishlar vaziri politsiya general-polkovnigi Aleksandr Gorovoy xabar qildi. 

Avval xabar qilinganidek, 2019 yil boshidan RFda 30 mingdan ziyod xorijliklar migratsiya boʻyicha qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 2 500 nafari mamlakat hududidan deportatsiya qilindi.

“RF Federal xavfsizlik xizmatidagi hamkasblarimiz bilan joriy yil birinchi yarim yilligida Rossiya fuqaroligini olish uchun taqdim etilgan arizalarning 20 dan ziyodiga rad javob berildi”, - qoʻshimcha qildi A.Gorovoy.

Oʻzbekistonlik migrantlar uchun migratsiya amnistiyasi boʻladimi?

Rasmiy statistik maʼlumotlar eʼlon qilinar ekan, davlat migratsiya siyosatini amalga oshirish sohasidagi eng muhim vazifalar ham qayd etib oʻtildi. Ularning qatorida fuqarolik instituti, istiqomat qilishi maqomi, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, “Vatandoshlarni koʻchirishga koʻmak” davlat dasturi kabi migratsiya jarayonlari mexanizmini tartibga solish kabilar joy olgan. Muassasalararo munosabatlar samaradorligini oshirish, xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun maʼmuriy jarayonlarni unifikatsiya qilish va optimallashtirishda boʻlgʻusi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi.

Xususan, barcha xorijliklar uchun, RFga tashrif buyurish maqsadidan qatʼiy nazar, ommaviy daktiloskopiya (qoʻl barmoq izlarini olish) tizimini joriy etish masalasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar qilindi.

“Bu, shubhasiz, RF hududida  mavjud maʼlumotlar bazasini tasniflashga va istalmagan shaxslarning yoki boshqa davlatlar hududida jinoyat sodir etganlarning mamlakatga kirib kelishini oldini olishga koʻmaklashadi”, - deyildi bayonotda.

Asosiy mavzular