Migrantlar Moskva budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya na temu: "Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax"
Press-konferensiya na temu: Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 9 oyi davomida Moskvada migrantlarga 338 ming dona patent berildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga oshdi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Moskva budjetiga yil boshidan patentlar rasmiylashtirishdan 13 milliard rubldan ortiq mablag‘ kelib tushdi, deb xabar qildi poytaxt meriyasi.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada patent narxi ko‘tarilishi kutilmoqda

Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari Denis Tixonovning so‘zlariga ko‘ra, 9 oyda mehnat migrantlar Rossiya poytaxtiga 13,2 milliard rubl keltirdi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 1,7 foizga ko‘p.

Ta’kidlanishicha, yanvar-sentabr oylarida migrantlarga 338 ming dona patent rasmiylashtildi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 6 foizga oshdi.

Meriya ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan boshlab mehnat migrantlari shahar budjetiga 72 milliard rubl to‘lashdi. Moskvada umumiy hisobda ikki milliondan ortiq patent berildi.

Yaqinda Moskva meriyasi patent narxini 350 rublga oshirishni rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0