Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi

© SputnikAgentstvo vneshney trudovoy migratsii
Agentstvo vneshney trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qabul qilingan Labor migration dasturi – xorijda ishga ketgan mehnat migranti va uning ish beruvchisi orasidagi munosabatlarini nazorat qilib turadi.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekistonda chet elda ishlamoqchi bo‘lganlar uchun Labor migration elektron dasturi joriy etildi, dedi Mehnat vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Isaqulov Sputnik muxbiriga AOKAda  bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

“Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi. Xorijga ishga ketayotgan har bir fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga kelib, ariza berib ro‘yxatdan o‘tsa u davlat tasarrufida bo‘ladi. Shundan so‘ng davlat u va ish beruvchi orasidagi munosabatlardan xabardor bo‘lib turadi, hatto ish beruvchi hisobotlarini olib tekshirib turishgacha boradi”, - deydi vazirlik vakili.

Isaqulov aytishiga qaraganda, Agentlik tomonidan shu vaqtga qadar Rossiyada ishlagan mehnat migrantlariga 536 ming dollar berilmagan qarzlar undirib berildi. Ushbu murakkab ishni amalga oshirish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi  vakolatxonasi Rossiya Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ishlagan.

Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Qalbaki hujjatlar bo‘yicha o‘zbeklar Finlandiyada birinchi bo‘ldi

Shuningdek vafot etgan mehnat migrantlari yaqinlarining arizalari ko‘rib chiqilib, ularning maoshlari va sug‘urta pullari ham marhumning oilasiga olib berilgan.

Shu o‘rinda mulozim bir necha oy oldin Finlandiyadan deport qilingan 500ga yaqin o‘zbekistonliklar ishi borasida ham to‘xtalib o‘tdi. Isaqulov ular qalbaki diplom va attestatlar tufayli deport qilinganini va ushbu ishga vazirlikning aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0