Vladivostokda o‘zbekistonlik migrant vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPribitie laynera Spectrum of the Seas v port Vladivostoka
Pribitie laynera Spectrum of the Seas v port Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, erkak Vladivostokda 2015-yildan buyon ishlab kelgan. Ayni vaqtda uning jasadini Vatanga yuborish masalalari hal etilmoqda.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV axborot-xizmati.

Agentstvo vneshney trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston
Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi

"Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 6-dekabr kuni Artom shahri (Primore o‘lkasi) shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi B.G‘. yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U ushbu hududda 2015-yildan buyon qonuniy asosda ishlab va yashab kelayotgan edi", - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Yangiliklar lentasi
0