11:24 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
299 0 0

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida migrantlarga 2020 yil 1 yanvardan jamoat transportlarini boshqarish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida migrantlarning jamoat transportini haydashiga taqiq qoʻyildi. Tegishli qarorga Chelyabinsk gubernatori imzo chekdi.

Hujjatga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Chelyabinsk viloyatida patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilar transport sohasida faoliyat yurita olmaydi.

Xorijliklarga shahar va shahar atrofiiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilarni muntazam tashish, avtobuslarda yoʻlovchilarni shaharlararo tashish taqiqlanadi.

Shuningdek, migrantlarga taksi haydash va ijaraga olingan avtomobilda yoʻlovchi tashish taqiqlanadi.

Taʼkidlanishicha, qaror Chelyabinsk viloyatida yoʻlovchi tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yoqutiston, Xabarovsk va Primorye oʻlkalarida ham patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilarning transport sohasida faoliyat yuritishi taqiqlanishi xabar qilingan edi.

Teglar:
Rossiya, migrantlar

Asosiy mavzular