13:42 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
52510

Rossiyalik ombudsmen noqonuniy migratsiya muammosiga eʼtibor qaratib, Yevroosiyo davlati chegaralarida yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelganini aytdi. Bu, avvalo, migrantlarning oʻziga yordam beradi.

TOSHKENT, 17 dekabrya - Sputnik. Rossiya prezidentining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova noqonuniy migrantlarning yagona maʼlumotlar bazasi oʻziga kirishga taqiq qoʻyilganidan bexabar kishilarni duch keladigan muammolardan ogohlantirishga yordam beradi deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Noqonuniy migratsiya muammosi alohida dolzarbligicha qolmoqda. Yevroosiyo davlati chegaralarida noqonuniy migrantlarning kirishiga cheklov qoʻyilgani haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelgan. Baʼzan kishi unga kirish taqiqlanganini bilmaydi: u chegaraga keladi va qiyin ahvolda qoladi. Biz bunday kishilarni himoya qilmoqchimiz”,  - dedi Moskalkova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga taqiq qoʻyilgani xabar qilingan edi.

Rossiya qonunchiligiga koʻra, ikki va undan ortiq marta maʼmuriy huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3 yil muddatga taqiq qoʻyilishi mumkin.

Agar xorijiy fuqaro, ushbu taqiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yoʻl bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, yanada qattiqqoʻl jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migratsiya xizmatining rasmiy saytida oʻzlariga nisbatan taqiq qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganini tekshirishlari kerak.

Teglar:
Rossiya, noqonuniy migratsiya, migrantlar

Asosiy mavzular