11:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
31410

Avvalroq “ICA Construction” kompaniyasida ishlayotgan oʻzbekistonliklarning OAVda maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani toʻgʻrisidagi murojaati tarqalgan edi.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari – “ICA Construction” kompaniyasi xodimlarining asosiy qismi 19-dekabr holatiga koʻra ish haqlarini toʻligʻicha oldi. Qolganlarning maoshlari ham kelishilgan jadval asosida beriladi. Bu haqda TIV Sankt-Peterburg shahridagi mamlakatning bosh konsulxonasi maʼlumotiga tayangan holda xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, bosh konsulxona va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borgan. Oʻzbekiston fuqarolari va “ICA Construction” kompaniyasining masʼul xodimlari bilan boʻlib uchrashuvlar oʻtkazilgan. Unda oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

Avvalroq OAVda  ushbu kompaniya ishchilarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani toʻgʻrisidagi murojaati tarqalgan edi.

Konsullik huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +7-965-029-41-49.

Teglar:
maosh, migrantlar, Sankt-Peterburg

Asosiy mavzular