13:44 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
908 0 0

2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratiladi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. 2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratiladi. Bu Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi farmonida belgilab qoʻyilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi  ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida qanday koʻrinishga ega boʻlishini eʼlon qildi.

Eng koʻp xonadon Andijon, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida ajratilgan – har bir viloyatda 420 tadan. Eng kam Navoiy viloyatida 60 ta ajratilgan.

Shuningdek, roʻyxatda Qoraqalpogʻistonda 210 ta, Buxoro viloyatida 240 ta, Jizzax viloyatida 120 ta, Qashqadaryo viloyatida 300 ta, Namangan viloyatida 300 ta, Surxondaryo viloyatida 270 ta,  Sirdaryo viloyatida 90 ta, Toshkent viloyatida 180 ta, Xorazm viloyatida 240 ta, Toshkent shahrida 162 ta xonadon ajratilishi koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda mehnat migrantlariga uy berilishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular